Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyuruvchi tomoshabinlarga noodatiy taqiq qo‘yildi
Olam
−
04 fevral 2021
5090Joriy yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya-2020 o‘yinlari tashkilotchilari tomoshabinlarga qo‘shiq aytish va qichqirishni taqiqladi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rasmiy saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, tribunaga kelgan muxlislar sportchilarni faqat qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Tashkilotchilar bu yo‘l bilan koronavirus tarqalishining oldini olishni istamoqda.
Kecha, 3 fevral kuni Yaponiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Olimpiadani o‘tkazish qoidalari taqdim etilgan.
Xavfsizlik qo‘llanmasining kelajakda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan birinchi versiyasi XOQ, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi va "Tokio-2020" tashkiliy qo‘mitasi ishtirokida tuzilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo musobaqalar pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan. Hozirda Olimpiya o‘yinlarini 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlarini esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi