Oktyabrdan boshlab sinf rahbarlari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori 1,5 baravar oshiriladi – Prezident

Jamiyat

image
Ayrim rahbarlar gazeta o‘qimasligi bilan maqtanadigan bo‘lib qoldi – Prezident north_east

Ayrim rahbarlar gazeta o‘qimasligi bilan maqtanadigan bo‘lib qoldi – Prezident

O‘zbekiston hozir ochiq, oldingidek yopib qo‘yishga ilojimiz yo‘q – Mirziyoyev north_east

O‘zbekiston hozir ochiq, oldingidek yopib qo‘yishga ilojimiz yo‘q – Mirziyoyev

Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ma’lum qildi.

Prezident sinf rahbarlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini munosib rag‘batlantirish chorasi ko‘rilayotganini, xususan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshirilishini aytib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, mazkur maqsadlar uchun yillik 400 milliard so‘mdan ziyod qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Jamiyatda ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan e’tibor tufayli qariyb 15 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, hali bu borada ko‘zlangan natijaga erishganimiz yo‘q. Hozirgi kunda ham xalq ta’limidagi pedagoglarning qariyb 70 foizini ayol o‘qituvchilar tashkil etmoqda.

Albatta, hammamiz maktab davrini eslaganimizda, ko‘z oldimizga avvalo, talabchan va mehribon sinf rahbarimiz keladi. Nima uchun? Chunki, maktabdagi har bir qadamimiz mana shu aziz va olijanob insonlarning doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligida bo‘lgan. Hayotga ilk yo‘llanmani ham bizga mana shu ustozlarimiz bergan”, deya ta’kidladi davlat rahbari.

U so‘zida davom etib, bugun imzolangan Farmon bilan birinchi marta 14 nafar sinf rahbari davlat orden va medallari bilan taqdirlanganini qayd etdi.

Prezident o‘qituvchilarning doimiy va uzluksiz psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi hududiy malaka oshirish institutlarida sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini tashkil etish kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Bugungi kunda jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qaddi, sha’ni va g‘ururi tiklanayotgani barchamizni quvontiradi.

Ayni vaqtda bu o‘ta muhim masala eng dolzarb vazifamiz ekanini alohida ta’kidlab, uni amalga oshirish butun jamiyatimizning burchiga aylanishini istardim. 

Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing