Oktyabrdan 9 yoshli qizlar OPVga qarshi emlanadi

Jamiyat

image

Bachadon bo‘yni saratoni ayollar salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi xastaliklardan biridir. Birgina 2018 yilda ushbu xastalik bilan dunyo miqyosida 570 ming yangi kasallanganlik qayd etilgan. 

Har yili shu kasallikdan 311 ming nafardan ortiq ayol vafot etadi. Dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida tarqalishi bo‘yicha ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadi. Kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa ushbu xastalik barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi, tug‘ish yoshidagi ayollar o‘rtasida esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda 1 ming 600 nafar ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinmoqda.

Bachadon bo‘yni saratonini oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiya mavjud bo‘lib, bu odam papilloma virusi (OPV)ga qarshi emlash hamda saraton oldi holatlarini skrining qilish va davolash kabilar kiradi.

 Milliy emlash kalendariga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalar davlat byudjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlanadi. 

Endilikda OPV ga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik - bachadon bo‘yni saratonining oldini olishga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonda 9 yoshli qizlarni rejali emlash shu yilning oktyabr oyidan boshlanadi.

Natijada kelajakda har yili 1ming 100 ta kasallanish hamda 600 ga yaqin o‘lim holatlarining kamayishiga erishiladi.


Maqola muallifi

Teglar

emlash ayollar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing