Oksana Chusovitina sportchilik faoliyatini tiklamoqchi

Sport

image

O‘zbekistonlik afsonaviy sportchi yozgi Olimpiadada qatnashish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan sportchi Oksana Chusovitina katta sportga qaytmoqda. Chusovitina 2022 yilda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida.

“2022 yilgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilganimni barchaga yetkazmoqchiman. Shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, deya yozib qoldirgan 46 yoshli gimnastikachi o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. U 1992 yili jamoaviy bahsda Olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidagi ishtirokidan so‘ng sportdan ketganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing