Oksana Chusovitina xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Oksana Chusovitina Kiyevda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Ukraine International Cup 2020 musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

“Musobaqaning ayollar o‘rtasida tayanib sakrash yo‘nalishida sportchimiz Oksana Chusovitina saralash bosqichidan qiyinchiliksiz o‘tgan yurtdoshimiz final bosqichida ham o‘zini nimalarga qodir ekanini yana bir bor isbotladi va musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi”, deyiladi xabarda.

Oksana Chusovitina musobaqadan oldin Yevropada o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazgandi.

Bu yil musobaqada 10 davlatdan 85 sportchi ishtirok etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing