Oksana Chusovitina 8-Olimpiadasidagi yurishini to‘xtatdi va sport bilan xayrlashdi
Sport
−
25 iyul 2021
8034Tokio-2020 Olimpiadasining gimnastika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi saralash bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekistonlik afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina ham o‘zi chiqishini amalga oshirib, hakamlar tomonidan 14,166 ballga loyiq ko‘rildi. Bu esa saralashdagi 11-o‘rin bo‘ldi.
U so‘nggi chiqishini amalga oshirgach, sportdagi faoliyatini tamomladi. Butun arena afsonaviy Chusovitinani qarsaklar ostida kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Oksananing faoliyatidagi 8-Olimpiada hisoblanadi. U o‘z sport turi bo‘yicha bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi.