OKMK: Molibden ishlab chiqarish rejasi muddatidan oldin bajarildi
Biznes
−
24 noyabr 3236 2 daqiqa
Olmaliq kon metallurgiya kombinatida misdan tashqari bir qator nodir metallar ham ishlab chiqariladi.
Xususan, mis boyitish fabrikasida mis konsentrati bilan birga molibden yarim mahsuloti ham olinadi.

Fabrikasi jamoasi tomonidan molibden yarim tayyor mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yillik prognoz noyabr oyidayoq, ya’ni muddatidan avval bajarilishiga(100,5 %ga) erishildi. Belgilangan prognoz bo‘yicha 732,7 ming tonna molibden yarim tayyor mahsulotini ishlab chiqarish ko‘zlangan bo‘lsa, amalda esa bu ko‘rsatkich 736,5 ming tonnani tashkil etdi.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, kombinatda asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish doirasida olib borilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘z natijasini ko‘rsatdi. Bu tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi mahsulot sifati va hajmining ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Mis boyitish fabrikasining mis-molibden konsentratlarini seleksiyalash va quritish sexida jami 9ta aspiratsion tizim, 25ta sovutish qurilmasi va 48 ta deflektorlar o‘rnatildi. Buning natijasida endilikda soatiga o‘rtacha 75 kVt elektr energiyasi tejalib, yiliga 650-660 mln so‘m mablag‘ ham iqtisod qilinmoqda. Shu bilan birga sexda raqamlashtirish ishlari ham jadal sur’atlarda olib borilib, natijada ishlab chiqarish jarayonlarini dispetcherlik boshqaruv xonasidan vizual kuzatish imkoniyati yaratildi.
Ma’lumot uchun Molibden tabiatda kam tarqalgan bo‘lib, undan metallar, keramik buyumlar va grafitni qoplashda (molibdenlashda) foydalaniladi.
Sanoatda Molibden rudalardan ajratib olinadi. Molibden po‘lat ishlab chiqarishda legirlovchi qo‘shimcha, aviatsiya, raketa va atom texnikasida issiqlikka chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qo‘llanadi.
Hozirgi kunda 1 kg molibdenning jahon bozorida o‘rtacha narxi 54 dollarni tashkil etmoqda.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi