Xokkey federatsiyasi raisiga o‘rinbosar saylandi

Sport

image

Bugun, 13 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar ishtirok etdi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiya raisiga o‘rinbosar saylashdan iborat bo‘lgan. Shu munosabat bilan mazkur lavozimga “Binokor” xokkey klubi menejeri Iskandar Qosimovich Shodiyev nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlari natijasida, Iskandar Shodiyev O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

“Menga ana shunday imkoniyat berilganidan xursandman. O‘zbekistonda xokkey asta-sekinlik bilan rivojlantirilmoqda. Bu yildan milliy chempionat ham tashkil etildi. Poytaxtimizda katta muz arenasi bunyod etilmoqda. Maqsadimiz – xokkeyni Respublika bo‘ylab rivojlantirishdir. Birgalikda ishlab kelajakda muvaffaqiyatlarga erishamiz va vaqti kelib KXLda ham o‘z jamoamiz bo‘ladi”, degan Iskandar Shodiyev.

MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ham kelajakda xokkey mamlakatda rivojlanishi haqida gapirib o‘tgan.

“Mart oyida yurtimizda “Humo” muz saroyi foydalanishga topshiriladi. Kelajakda bunday muz arenalari viloyatlarda ham ko‘payishiga umid qilamiz va xokkeyni butun mamlakatimiz bo‘ylab rivojlantiramiz”, degan Umid Ahmadjonov.

Shu tariqa, O‘zbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

xokkey MOQ Iskandar Shodiev

Baholaganlar

12

Reyting

1.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing