Oq uydagi barcha xodimlar niqobda yurishi majburiy etildi

Olam

image

Oq uy xodimlarining aksariyati Amerika Prezidentining qarorgohida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tibbiy niqoblar taqishlari yoki yuzlarini boshqa shaklda yopishlari zarur bo‘ladi. Bu haqda ma’muriyat vakillariga tayanib, “The Washington Post” gazetasi yozmoqda.

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli buyruq bir kun ichida e’lon qilinadi. Niqoblarni faqat “jamoat joylarida” taqish kerak bo‘ladi. Ish xonalarida bo‘lganda, himoya vositalarisiz ishlashga izn beriladi.

Shu bilan birga, davlat rahbari Donald Tramp, avvalgidek niqobsiz ishlashda davom etish ehtimoli yuqori, deya qo‘shimcha qilgan manbalar.

Avvalroq, AQSH vitse-prezidenti AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens, uning vakilida COVID-19 aniqlaganidan so‘ng, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 1 385 834 nafar odam koronavirusga chalindi. 81 795 bemor hayot bilan vidolashgan bo‘lsa, 262 225 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing