Oq uyda va boshqa joylarda Amerika bayrog‘i yarimga tushirildi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSHning hukumat idoralarida, shuningdek Oq uyda mamlakat bayrog‘i yarmigacha tushirilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu suratlar ayniqsa Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Trampning “vafot etgani” haqidagi mish-mishlar tarqalgan bir paytda ko‘p tarqala boshladi.

AQSH rahbari Tramp Minneapolisdagi katolik maktabi va cherkovidagi otishma qurbonlari xotirasiga 27 avgust kunidan 31 avgust kuni oxirigacha hukumat binolarida bayroqlarni yarmigacha tushirishni buyurdi.

Unga ko‘ra, AQSHning barcha elchixonalari, vakolatxonalari, konsullik muassasalari va xorijdagi boshqa ob’ektlari, jumladan, barcha harbiy qismlar, harbiy-dengiz kemalari va stansiyalarda bir xil muddatda AQSH bayrog‘i yarmiga tushirilgan holatda hilpiratiladi.

“2025 yilning 27 avgustida Minnesota shtatining Minneapolis shahrida sodir etilgan bema’ni zo‘ravonlik qurbonlari sharafiga Oq uyda, barcha jamoat binolari va maydonlarida, barcha harbiy postlar va harbiy-dengiz bazalarida, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari federal okrugi va uning butun Kolumbiya okrugidagi dengiz flotida AQSH bayrog‘ini yarim holatda hilpiratilishini buyuraman. Ushbu jarayon 31 avgust kuni quyosh botguniga qadar davom etadi”, deyiladi Trampning buyrug‘ida.

Ma’lumot uchun, 27 avgust kuni ertalab Minnesota shtatining Minneapolis shahridagi katolik maktabi va cherkovida otishma sodir bo‘lib, ikki kishi halok bo‘ldi, 17 kishi, jumladan, 14 bola yaralandi. Otishma 20 yoshli Robin Uestman ekani aniqlandi. Politsiyaning aytishicha, u o‘z joniga qasd qilgan.

Mamlakat bayrog‘i yarmiga tushirilgani Trampning “haqiqatdan ham vafot etgani” bo‘yicha 30 avgust kuni tarqalgan gap-so‘zlar oqimini yanada kuchaytirdi. Ammo Tramp tirik, uning sog‘ligi joyida. Buni ismini oshkor etmagan AQSH rasmiysi “Axios” nashri jurnalisti Barak Ravidga ma’lum qilgan.

U Oq uy matbuot uyida Tramp korteji jo‘nashdan oldin oq polo ko‘ylak va qizil Make America Great Again  qalpoq kiygan holda tasvirlangani haqidagi xabarlarning skrinshotlarini joylashtirdi.

Yaqinda Tramp sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgandi. Iyul oyida Oq uy uning oyoqlari shishishiga olib keladigan surunkali venoz yetishmovchilik, deb nomlanuvchi qon-tomir kasalligi borligini tasdiqladi. Vaziyat tomirlardagi bosimning oshishiga olib keladi va shish paydo bo‘lishiga, shuningdek, oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin, ammo bu hayot uchun xavfli emas deb baholangan. Trampning ahvoli rasmiy kanallar orqali e’lon qilinishidan avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlarda uning oyoqlari shishib ketgani ko‘rinib, sog‘lig‘i haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning kasali avj olgani haqida xabar berilgandi. “The Daily Beast”ning yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgan va Oq uy rahbari buning ortidan qo‘liga krem surkab olgan. 79 yoshli davlat rahbari yana o‘z lavozimiga kirishganidan beri u bir necha bor o‘ng qo‘lidagi ko‘karishlarni kosmetika vositasi bilan yashirishga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing