Oq uy O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lganiga munosabat bildirdi
Olam
−
20 Oktabr 2020
7937O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashida o‘z salohiyati bilan ijobiy rol o‘ynaydi, deb ishonmoqda Oq uy rahbari yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kertis. Bu haqda u Amerika tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti mintaqada AQSHning yangi strategiyasini amalga oshirishga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston huquq va asosiy erkinliklarni himoya qilish borasida katta yutuqlarga erishgan va bu butun mintaqada o‘zgarishlarga ijobiy turtki beradi deb hisoblamoqda.
O‘zbekistonning Amerikadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanishini olqishlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarda islohotlar olib borilmoqda. AQSH so‘nggi ikki yil ichida respublika sezilarli yutuqlarga erishganini e’tirof etgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi, shuningdek, ikki mamlakat oliy delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari inson huquqlari sohasidagi tendensiyalarga ijobiy hissa qo‘shdi. Liza Kertis O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashida o‘z salohiyati bilan ijobiy rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi.
LiveBarchasi