Inson huquqlari bo‘yicha kengash O‘zbekistonga nisbatan eng tanqidchi tashkilot bo‘lgan – Komilov

Jamiyat

image

O‘zbekiston ko‘p yillar davomida ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan birlashgan millatlar tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga haqli ravishda qo‘shildi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning “O‘zbekiston — BMT: muhim tashabbuslar va hamkorlik natijalari” mavzusida navbatdagi sessiyasida shunday fikr bildirdi.

Sessiyada ishtirok etayotgan TIV rahbari O‘zbekiston bu tuzilmaga a’zo bo‘lish uchun nimalar qilganini aytib berdi.

“3 yil oldin boshlagan faoliyatimiz samarali bo‘ldi va juda katta yutuqqa ega bo‘ldik. O‘zbekistonning BMTning Inson huquqlari bo‘yicha tashkilotga a’zo bo‘lganligi mavqeimizni oshirdi. Inson huquqlari yo‘nalishida oldimizda turgan muammolar nimalardan iborat edi? Avvalambor, turli xalqaro tashkilotlarda, katta davlatlar, xalqaro markazlarda qandaydir munosabat tug‘ildiki, O‘zbekiston hech qachon isloh qilinmaydigan davlat, jamiyat. Nega deganda mana shu islohotlarni uch yil oldin boshlagan bo‘lsak, undan oldin 20 yil mobaynida biz hech qachon bu tashkilotlar bilan shunday yaqin ishlamagan edik va inson huquqlariga yetarli e’tibor berilmagan edi.

Avvalo, majburiy va bolalar mehnatini yo‘q qiladigan qaror qabul qilindi. Unga bo‘ysunmaganlar jazoga tortildi. Xalqaro tashkilotlar vakillari har yili paxta dalalariga borib vaziyatni kuzatishdi. Xorijiy davlatlar elchixonalari ham jarayonni kuzatib turishdi, deydi vazir Komilov.

Uning so‘zlaiga ko‘ra, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 20 yil davomida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonga nisbatan eng tanqidiy tashkilot bo‘lgan.

“Shunga qaramasdan, shu kengashga a’zo bo‘lishga harakat qildik. Xalqaro maydonda inson huquqlariga tegishli qanday ishlarni qildik? Avvalambor, OAV erkinligini ta’minlash, din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha ko‘plab sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Yuqorida aytganimdek, majburiy mehnat, bolalar mehnatiga barham berildi. Gender tengligini ta’minlashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi, sud-huquq tizimi jiddiy isloh qilindi”, dedi Abdulaziz Komilov.

Vazirning qayd etishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston inson huquqlariga doir 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan.

“Bu borada men faqat bitta misol keltirmoqchiman. O‘zbekiston BMT Kengashiga munosib ravishda kirdi. Lekin bundan oldin xalqaro tashkilotlar qatorida ushbu Kengash inson huquqlari masalalarida O‘zbekistonni tanqid qilib kelgan”, dedi Komilov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yilning 13 oktyabr kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing