O‘zbekiston birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylandi
Jamiyat
−
14 oktabr 2020 7760 1 daqiqa
Kecha, 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.
BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya. Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya.
BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a’zodir. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust