Oq uy koronavirus ustida tadqiqot olib borayotgan ishchi guruhiga yangi vazifa berdi
Olam
−
05 may 2020
5025Oq uy o‘zining koronavirus ustida tadqiqot olib borayotgan ishchi guruhi a’zolariga Kongressda guvohlik berishni taqiqladi. Bu haqda “Hill” gazetasi AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakiliga tayanib xabar berdi.
“Ayni paytda biz hammamiz erda bo‘lishimiz kerak va koronavirusga qarshi kurash birinchi navbatda turishi lozim”, dedi AQSH ma’muriyati vakili nashrdan iqtibos keltirgan holda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vakillar Palatasiga rahbarlik qilayotgan demokratlar ma’muriyat kechikib, pandemiyaga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lganlikda gumon qilinmoqda.
Oq uy, bundan tashqari, Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti rahbari Entoni Fauiga ham Kongressga dalil keltirishni taqiqladi.
LiveBarchasi