Oq uy Xitoy rahbarini Putinga bosim o‘tkazishga chaqirdi
Olam
−
21 mart 2023
6999Kecha, 20 mart Oq uy Xitoy Raisi Si Szinpinni Moskvaga qilgan tashrifidan foydalanib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukraina suverenitetini hurmat qilishni va Ukrainaga qarshi urushni tugatishni aytishga chaqirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oq uy milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbi Amerika Qo‘shma Shtatlari hozirda Moskvaga safar qilayotgan Si Szinpin Rossiya kuchlarini Ukrainaning suveren hududi ichidagi o‘t ochishlarni to‘xtatish chaqiriqlarini takrorlashidan xabardor ekanini aytgan. Uning aytishicha, Si Szinpin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan urushning Ukrainaga ta’siri haqida gaplashishi kerak.
“Biz Prezident Si Szinpinni Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligi to‘g‘risida Prezident Putinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim o‘tkazishga undaymiz. Butun dunyo va Xitoy qo‘shnilari bu tashrifni diqqat bilan kuzatayotgani aniq”, degan Oq uy vakili.
Shuningdek, Kirbi Si Szinpin va Vladimir Putin o‘zaro hurmat emas, balki qulaylik bilan bog‘langanini aytgan. Chunki bu ikki davlat uzoq vaqtdan beri butun dunyo bo‘ylab AQSH ta’siriga qarshi kurashib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy rahbari kecha, 20 mart kuni Rossiyaga borgan, Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Uning tashrifi 22 martgacha davom etadi.