Oq halat kiygan barcha shifokorlar koronavirusni davolashga shay turishi kerak – Hamroboyeva
Jamiyat
−
14 iyul 2020
17035Respublika maxsus komissiyasi a’zosi, Tibbiyot fanlari doktori Feruza Hamroboyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda barcha yo‘nalishdagi shifokorlar koronavirus kasalligidan davolash uchun o‘qitilishini ma’lum qildi.
“Respublikada karantin e’lon qilingan 16 mart kunidan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tomonidan respublika bo‘ylab bir qancha mutaxassislar 18 soatlik COVID-19 infeksiyasini davolash, tashxislash va profilaktikasi o‘quv-dasturi bo‘yicha o‘qitilgan.
Shuning hisobiga biz bugungi kunga yetib keldik, mutaxassislar yetarli bo‘ldi. Lekin vaziyat bundan-da murakkablashsa, mutaxassis yetkazolmay qolamiz. Buning oldini olish uchun esa bugun vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mas’ullarga shunday ko‘rsatma berildiki: “respublikadagi oq halat kiygan barcha shifokorlar (ixtisoslashuvidan qat’i nazar) COVID-19 infeksiyasini davolashga shay turishi kerak.
Buning uchun respublika bo‘yicha qancha shifokor bo‘lsa, ularga ertadan boshlab o‘qitish, malaka oshirish kurslari boshlanadi. Bu orqali shifokorlar zaxirasini tayyorlaymiz”, dedi Hamroboyeva.
Shuningdek, Hamroboyeva uyda davolanayotgan bemorlar yoki kasallik yuqib qolishidan xavotirlanayotgan fuqarolar tomonidan call-markazlariga qo‘ng‘iroq qilib, tusha olmayotganiga izoh berib o‘tdi.
“1003 raqamini hamma biladi. Raqamlar o‘sganiga havotir oshib, hamma savol berib, javob oligisi kelyapti. Shuning uchun bu tarmoqlarga juda katta bosim bo‘lyapti. Hozir liniyalar ko‘paytirilyapti. Lekin bu texnika bir ishlaydi, bir ishlamaydi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu muammo ijobiy hal qilinadi. Call-markazda operator-mutaxassislar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga test topshirish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqishga ko‘rsatmagan bergani xabar qilingandi.
LiveBarchasi