Qirollik oilasi birlashishi mumkin – shahzoda Charlz o‘g‘illari bilan suhbatlashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya shahzodalari Charlz, Uilyam va Garri 17 aprel kuni Edinburg gersogi Filippning dafn marosimidan ikki soat o‘tgach, shaxsiy suhbat o‘tkazdi. Bu haqda "The Sun" qirollik oilasiga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bergan.  

Bu shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl bilan amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfriga bergan mojaroli intervyusidan keyin ota va o‘g‘illarning birinchi suhbati bo‘lgan. 

Manbalarga ko‘ra, shahzoda Filipp tirikligida ushbu suhbat bo‘lib o‘tishini xohlagan edi. 

Uning o‘g‘li va nabiralari Vindzor qal’asidagi kameralardan uzoqroqda gaplashgan. 

Bu ko‘pchilikda oila nihoyat birlashishiga va Sasseks gersogi Garri Buyuk Britaniyada qolib, 21 aprel kuni buvisi, qirolicha Yelizaveta II ning 95 yoshini nishonlashiga umid uyg‘otgan. 

Bundan tashqari, nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Garri Kensington saroyida onasi malika Dianaga atalgan yodgorlikning ochilishida ham akasi bilan birga qatnashishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi. Ammo shahzoda Garri Britaniya taxtiga navbatda turgan oltinchi shahzoda bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Garri Charl'z Uil'yam

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing