“Og‘ir kunimda menga jonli qalqon bo‘ldingiz”. Lola muxlislariga rahmat aytdi (video)
Madaniyat-san’at
−
23 aprel
20362Kecha, 22 aprel kuni qo‘shiqchi Lola Yo‘ldosheva ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘lgan kiyinish uslubi ortidan uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.
"So‘nggi kunlarda meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Sizning iliq so‘zlaringiz va menga bo‘lgan mehringiz og‘ir kunimda menga jonli qalqon bo‘ldi. Meni himoya qilgan barcha ayollardan minnatdorman. Bu men uchun juda muhim. Faqatgina kuchli erkaklargina ayollarni himoya qila oladi va shunday munosabatni menga ravo ko‘rgan erkaklarga alohida rahmat! Shu voqea sabab qanchadan qancha insonlar menga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Shu voqea mening yanada g‘ayrat bilan ijod qilishimga turtki bo‘ldi", deydi xonanda.
Lolaning muxlislari videoni ijobiy qabul qilib, izohlar qoldirgan, jumladan plastik jarroh Timur Haydarov ham "Nima bo‘lganini bilmayman-u, lekin biz siz bilanmiz", deb hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Lola Yo‘ldoshevaning konsertda kiyib olgan kiyimi keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ba’zi tarmoq foydalanuvchilari uni turli xil so‘zlar bilan haqoratlagan va xonandani jazolashni so‘ragandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi