Og‘ir kasallikni yengib o‘tgan sportchi 2 karra Yevropa chempioni bo‘ldi
Sport
−
17 yanvar 1323 1 daqiqa
Og‘ir aplastik anemiya kasalligini yengib o‘tgan 21 yoshli estoniyalik figurali uchuvchi Nina Petrikina ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ketma-ket ikkinchi bor Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Petrikina Angliyaning Sheffild shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida qisqa dasturdan so‘ng ishonchli tarzda peshqadamlikni qo‘lga olgan va 70,61 ball bilan shaxsiy rekordini yangilagan.
U erkin dasturda ham xatolarga yo‘l qo‘ymagan va 145,53 ball to‘plagan. Natijada estoniyalik figurali uchuvchi 216,14 ball bilan umumiy hisobda ham shaxsiy eng yuqori natijasini qayd etgan va Yevropa chempionligi unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Nina Petrykinaga 2020 yilda og‘ir gematopoetik kasallik – aplastik anemiya tashxisi qo‘yilgan. Suyak iligi donori topilmagach, u sport faoliyatini yakunlash haqida qaror chiqargan. Biroq uzoq davom etgan terapiyadan so‘ng kasallikni yengib, figurali uchishga qaytishga muvaffaq bo‘lgan. Nina Petrikina hozirgacha Yevropa chempionatida bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi