Ronaldu bir şart bilan Portugaliya terma jamoasiga qaytişi mumkin
Sport
−
10:30 1188 2 daqiqa
Beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu agar jamoa boş murabbiyi almaştirilsa, Portugaliya terma jamoasiga qaytişi mumkin. Bu haqda portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza RIA Novostiga ma’lum qildi.
Joriy yilning 5 noyabr kuni Ronaldu milliy terma jamoadan ketişini rasman e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yölladi. 41 yoşli futbolçi joriy yilning sentyabr oyi oxirida Norvegiyaga qarşi Millatlar ligasi doirasidagi uçraşuvda 2:1 hisobidagi ğalabadan söng terma jamoani tark etgan. Öşa bahsda u zaxirada qoldirilgan edi. Bu esa Kriştianu va terma jamoa boş murabbiyi Jorje Jezuş örtasida ziddiyat kelib çiqişiga sabab bölgan.
“Kriştianu Yevropa çempionatida öynaşni xohlagani aniq edi. Biroq murabbiy bilan örtada kelişmovçilik yuzaga keldi va jamoatçilik Ronaldu emas, balki murabbiy tomonida böldi. Uşbu mojarodan keyin boş murabbiy iste’foga çiqişiga umid qilgan edi, ammo bu amalga oşmadi. U özini terma jamoa bilan boşi berk köçada qolgandek his qildi. Uning bayonoti esa muayyan murabbiy bilan işlaşni istamayotganini anglatadi. Işonçim komilki, agar terma jamoa Yevropa çempionatiga tayyorgarlik yakunlanguniga qadar boş murabbiyni almaştirsa, Ronaldu jamoaga qaytişni istaşi mumkin”, deydi Barboza.
2028 yilgi Yevropa çempionati Buyuk Britaniya va Irlandiyada bölib ötadi.
Ma’lumot uçun, 41 yoşli Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi debyutini 18 yoşida, 2003 yil 20 avgust kuni Qozoğiston terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida (1:0) ötkazgan. U mazkur bahsning ikkinçi bölimida zaxiradan maydonga tuşgan. Hujumçi Portugaliya terma jamoasi safida jami 234 ta öyinda maydonga tuşib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr