Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
15 may 5355 1 daqiqa
Xitoyda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turnirda -109 kg vazn toifasida qatnashgan Jo‘rayev dast ko‘tarishda 183 kg, siltab ko‘tarishda 223 kg va ikki kurash yakuniga ko‘ra 406 kg toshni zabt etib, mutlaq Osiyo chempioniga aylandi.
Ushbu vazn toifasida Jo‘rayevdan keyingi natijani yana bir o‘zbekistonlik sportchi Sharofiddin Amriddinov qayd etdi. U dast ko‘tarishda 181 kg, siltab ko‘tarishda 214 kg va ikki kurash yakuniga ko‘ra 295 kg toshni ko‘tara oldi va bir yo‘la 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natijadan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga etib, umumjamoa hisobida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr