Og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari qanchaligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 18 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

“Bemorlarimizning 18 nafari og‘ir holatda. Ulardan 6 nafari o‘ta og‘ir holatda, 12 nafari o‘rta og‘ir holatda. Foiz hisobida bu 1,4 foizni tashkil qilyapti. Juda ko‘p davlatlarda og‘ir ahvoldagilar 20 foiz, ayniqsa, yomon oqibat bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan o‘ta og‘ir ahvoldagilar 3-5 foiz atrofida bo‘lyapti”, dedi vazir Alisher Shodmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 10 mingdan ortiq test o‘tkazilyapti. Bugungacha esa jami 210 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 454 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing