OFKning ayrim a’zolari FIFA’ni qo‘llab-quvvatlamoqda
Sport
−
20:21 287 1 daqiqa
Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo qator mamlakatlar Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda “The Athletic” nashri jurnalisti Adam Kraftonning ma’lum qildi.
Xususan, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari bu borada yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Butan, Shri-Lanka, Livan va Quvayt futbol federatsiyalari ham FIFA prezidenti bilan birdam ekanini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, hozircha o‘z rasmiy pozitsiyasini e’lon qilmagan Saudiya Arabistonining qarori hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Hozircha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) FIFA prezidenti Janni Infantino atrofidagi vaziyat yuzasidan rasmiy pozitsiyasini e’lon qilmagan. Shuningdek, xalqaro nashrlarda ham O‘zbekistonning bu masaladagi munosabati yoki ehtimoliy qarori haqida hech qanday ma’lumot uchramaydi.
Eslatib o‘tamiz, Janni Infantinoning Jahon chempionatining tijorat aktivlarini xususiy investorga sotish rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, unga nisbatan norozilik yanada kuchaydi.
FIFA Jahon chempionati kabi yirik musobaqalarning tijoriy huquqlarini boshqaruvchi tashkilotning taxminan 20 foiz ulushini sotish orqali xususiy investorlardan 4,2 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan edi. Biroq, futbol konfederatsiyalari va boshqa manfaatdor tomonlarning keskin qarshiligi tufayli ushbu tashabbus amalga oshmay qoldi.
Live
Barchasi