OFK O‘FAga intizomiy ish ochdi
Sport
−
15 yanvar
15029Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kubogi 1-turi doirasida Suriyaga qarshi o‘yinda milliy terma jamoa muxlislari turnirlar aloqasi bo‘lmagan reklama kompaniyalari futbolkalarini kiyib tribunada o‘tirgani uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga (O‘FA) nisbatan intizomiy ish ochdi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Bu ajablanarli holat emas. O‘zbekistonda an’anaga ko‘ra, boshqalarning intellektual huquqlariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lish mavjud. E’tiborsizlik va oson pul topish istagi O‘FAni jarimaga tortilishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Suriya o‘yini nursiz durang bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligidagi keyingi o‘yinini Hindiston termasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs 18 yanvar kuni soat 19:30 da start oladi.
LiveBarchasi