Turkiyada yana tabiiy ofat. 26 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
05 fevral 2020
10809Turkiyaning Van viloyatida yuz bergan navbatdagi tabiiy ofat – qor ko‘chkisi yana 26 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda “Hurriyet” agentligi xabar bermoqda.
Gubernator Mehmet Emin Belmezning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida ko‘ngilli qutqaruvchilar ham bo‘lgan.
Sakkiz nafar jandarm, uch nafar qo‘riqchi, uch nafar o‘t o‘chirish xodimi va to‘qqiz fuqaro qutqaruv operatsiyalari vaqtida nobud bo‘lgan.
Tabiiy ofat natijasida 53 kishi jarohatlangani, ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya so‘nggi oylarda tabiiy ofatlardan ko‘p aziyat chekmoqda. Joriy yilning 24 yanvar kuni mamlakatning Elyazig‘ viloyatida 6,8 ballni tashkild etuvchi dahshatli zilzila ro‘y berdi. Zilzila oqibatida 41 kishi qurbon bo‘ldi. 76 ta bino vayronaga aylandi.
Qurbonlarning 37 nafari Elyazig‘dan, 4 nafar Diyorbakirdan. Yana ikki kishi qo‘rquv ortidan yurak xuruji sabab vafot etdi.
Zilzila o‘chog‘i Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida, 7 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.
LiveBarchasi