Turkiyada zilzila xavfi ortib bormoqda. Aholiga uylariga kirmaslik tavsiya qilinmoqda

Olam

image
Istanbuldagi o‘zbeklar diqqatiga! 7,5 balli zilzila kutilmoqda north_east

Istanbuldagi o‘zbeklar diqqatiga! 7,5 balli zilzila kutilmoqda

Turkiyaning Elyazig‘ va Malatya viloyatlarida aholiga uylarida tunamaslik tavsiya qilinmoqda. Ularning aksari uylari xavf ostida bo‘lgan mahalliy aholi vakillari. 

Ma’lumki, joriy yilning 24 yanvar kuni Turkiyaning Elyazig‘, Malatya va Diyorbakir viloyatlarida kuchli zilzila qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida, 7 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.

Ushbu zilzila kuchini Turkiyada 500 mingga yaqin odam va qo‘shni Iroq, Suriya va Livan aholisi sezgan.

Zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar 41 nafarga yetdi. Qurbonlarning 37 nafari Elyazig‘dan, 4 nafar Diyorbakirdan. Yana ikki kishi qo‘rquv ortidan yurak xuruji sabab vafot etdi. 

Zilzila oqibatida vayron bo‘lgan hududlarda qolayotgan aholiga 24402 ta chodir yetkazib berildi. Odamlar ko‘chalarda, sport zallarida, pooyezd vagonlarida jon saqlamoqda. Davlat tomonidan ular issiq kiyimlar va uch mahal ovqat bilan ta’minlanmoqda. Talafotlarni o‘rganish va vayron bo‘lgan uylarni tiklash, shuningdek xavf ostidagi mingga yaqin binolarni ta’mirlash uchun Hukumat komissiyasi tuzildi. 

Ayni vaqtda zilzila yana takrorlanishi kutilmoqda. Shu bois Turkiyaning barcha telekanallari, radio va gazetalari, internet saytlarining bosh mavzusi zilzila bo‘lib turibdi. Aholiga xavf ostidagi binolarga kirmaslik, tunamaslik tavsiya qilinmoqda. Vaziyat og‘ir tus olayotgan ayni daqiqalarda telekanallarda me’morlar, shifokorlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mas’ul xodimlar, shuningdek psixologlar maslahatlar berib bormoqda. Har bir xonadonda kishi boshiga alohida zilzila sumkasi hozirlanishi kerakligi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 yanvar kuni Istanbul va Anqarada ham zilzila qayd etildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Zilzila

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing