OFK kubogi: “Nasaf” chorak finalga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogining 1/8 final bosqichi doirasida Turkmanistonning “Ahal” klubiga qarshi bahs olib bordi va qiyin g‘alabaga erishdi.

Birinchi taymda Marko Stanoyevich va Andriya Kaliderovichning gollaridan so‘ng, “Nasaf” hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq ikkinchi bo‘limda “Ahal” futbolchilari faollikni oshirdi. Jamoa sardori Elman Tagayev ikkita gol urib, o‘rtadagi muvozanatni tikladi.

Shundan so‘ng, “ajdarlar” futbolchisi Oybek Bozorov raqib jarima maydonchasiga yorib kirayotgan vaqtda, chalib yiqitildi. Belgilangan penaltini Husayn Norchayev aniq amalga oshirib, uchrashuvda yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:2.

Shu tariqa, “Nasaf” Markaziy Osiyo mintaqasi g‘olibi sifatida OFK kubogining chorak finaliga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Hindistonning "Mohun Bagan" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” 2011 yilda OFK kubogi finalida Quvaytning “Al-Quvayt” jamoasini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Nasaf Ahal OFK kubogi Mohun Bagan

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing