OFK FIFA’ning yangi tijorat rejasini tanqid qildi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) FIFA oldindan maslahatlashmasdan yangi tijorat tuzilmasini tashkil etganini tanqid qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati bayonot berdi.

OFK bayonotiga ko‘ra, konfederatsiya mazkur loyihani muhokama qilish jarayoniga jalb etilmagan. Shuningdek, bunday yirik tashabbus haqidagi ma’lumotlar uni o‘rganish va muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘lishidan avval ommaga e’lon qilingani afsus bilan qayd etilgan.

“OFK barcha manfaatdor tomonlarga taklifning boshqaruv, huquqiy, tijorat va strategik jihatlarini to‘liq baholash uchun yetarli ma’lumot hamda zarur vaqt taqdim etilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu har qanday qaror jahon futbol hamjamiyatining umumiy manfaatlarini aks ettirishi va FIFA boshqaruv tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashi uchun zarur”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Shuningdek, OFK futbolni rivojlantirishga sodiq qolishini va uning yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladigan yangi yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA yangi tashkil etiladigan kompaniyaning taxminan 20 foiz ulushini xususiy investorlarga sotish orqali 4,2 milliard dollar jalb qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Keyinchalik UEFA ham mazkur holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishini va agar Infantino ushbu rejasidan voz kechmasa, UEFA’ga a’zo mamlakatlar Jahon chempionatini boykot qilish masalasini ham ko‘rib chiqishini ham ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing