Odil Ahmedovning otasi olamdan o‘tdi
Sport
−
31 Oktabr 2020 21110 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy jamoasi va Xitoyning “Tyanszin Teda" klubi futbolchisi Odil Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov olamdan o‘tdi. Bu haqda Championat.asia nashri Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ahmedovlar oilasiga ta’ziya bildiramiz!
Odil va Azim Ahmedovning OTASI Olimjon otaning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janoza Namanganda asrga yaqin o‘qiladi.
Qalampir.uz tahririyati Ahmedovlar oilasiga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr