Odil Ahmedov “Paxtakor” va “Neftchi”ning raqiblarini aniqlaydi
Sport
−
13:15 807 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, milliy terma jamoaning soqib futbolchisi Odil Ahmedov Elit Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining 2026-2027 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimida ishtirok etmoqda.
Qur’a tashlash marosimi bugun, 18 avgust kuni, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilmoqda. Unda Elite OCHL liga bosqichida ishtirok etadigan jamoalarning raqiblari aniqlanadi.
O‘zbekiston sharafini ushbu nufuzli musobaqada “Neftchi” va “Paxtakor” himoya qiladi. Yangi mavsumdan OCHL Elitda ishtirok etuvchi jamoalar soni 24 tadan 32 taga oshirildi. Klublar G‘arb va Sharq mintaqalariga ajratiladi.
Qur’a jarayonida bir mamlakat vakillari bir-biriga raqib bo‘lmaydi. Shu bois “Neftchi” va “Paxtakor” liga bosqichida o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
Qur’a natijasida O‘zbekiston klublarining Osiyodagi raqiblari, jumladan, Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan “An-Nasr” bilan to‘qnash uy yokida safarda to‘qnash kelishi ham ma’lum bo‘ladi.
Live
Barchasi