Odil Ahmedov nega Fransiya klubiga o‘tmagan?

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, o‘z vaqtida Rossiyaning “Anji” va “Krasnodar” klublarida to‘p tepgan futbolchi Odil Ahmedovning Xitoyda o‘ynagan vaqtlarida qancha maosh olgani va o‘z vaqtida nega Fransiyaning “Nitssa” klubiga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ahmedov Rossiyaning “Bombardir.ru” saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sobiq futbolchi 2017 yilda Rossiya chempionatini tark etib, Shanxayga yo‘l olgandi. Shuningdek, chin yurtidagi faoliyati davomida u “Tianjin Teda” va “Sanchjou Mayti Layons” jamoalarida ham o‘ynagan.

"2016/17 yil qishida menda ikkita variant bor edi: “Nitssa” kichik maosh taklif qildi, “Shanxay” esa butunlay boshqacha imkoniyatlarni taqdim etdi. Men deyarli 30 yoshda edim, shuning uchun Xitoyni tanladim. 24-26 yoshimda men Yevropaga ketgan bo‘lardim. Xitoydan kuchli futbolchilar yetishib chiqdi va bu mening Osiyo variantini tanlashimga sabab bo‘ldi”, deydi Ahmedov

Ma’lum bo‘lishicha, “Krasnodar”da deyarli 2 million yevro olgan Ahmedov Xitoyda ikki barobar ko‘proq maosh olgan.

Futbolchi “Ahmedov nega futbolni emas, pulni tanladi?” qabilidagi savolga ham javob berdi

“O‘zbekistonda ham shunday yozishgandi. Ishonchim komilki, shu gapni aytganlar ana shunaqa taklif tushsa, bunga rozi bo‘lardi. Hozirda Saudiya Arabistoni Xitoyning ishini takrorlamoqda”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov 2021 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. U 2007-2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya Odil Ahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing