Odamsimon robot chizgan surat auksionga qo‘yiladi
Texnologiya
−
17 Oktabr
2805Joriy yilning oktyabr oyi oxirida Sotheby’s auksion uyida “Raqamli san’at” onlayn savdolari bo‘lib o‘tadi. Unda sun’iy intellekt asosida ishlovchi odamsimon robot chizgan “God AI” nomli surat taqdim etiladi. Bu haqda auksion uyining saytida e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, tarixida ilk bor ushbu yirik auksion uyida shu kabi noodatiy “rassom”ning ishi sotuvga qo‘yiladi. Rasm 100-150 ming funt sterlingga sotilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “God AI” zamonaviy informatikaning asoschilaridan biri hisoblangan mashhur britaniyalik matematik va kriptograf Alan Tyuringning portreti. U sun’iy intellekt algoritmidan foydalanib, AI-Da roboti tomonidan chizilgan. Bu robot 2019 yilda Oksford universitetida ishlab chiqilgan va ingliz matematigi Ada Lavleys sharafiga nomlangan. Lavleys 1842 yilda hisoblash mashinasining tavsifini yaratgan va dunyodagi birinchi dasturni yozgan shaxs sifatida tanilgan.
“Alan Tyuringning portreti ustida ishlash orqali men uning informatikani va sun’iy intellektni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini hurmat bilan yodga olaman. Mening asarim Birlashgan Millatlar Tashkilotining sun’iy intellektni mas’uliyatli ishlatish bo‘yicha qabul qilgan tamoyillariga mos keladi va Alan Tyuring ham aynan shuni qo‘llab-quvvatlagan”, deya izoh bergan robot “God AI” asari haqida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtatida politsiya roboti mehmonxonadagi xonasida yashiringan jinoyatchini qalampirli gaz bilan zararsizlantirib, uni qo‘lga olgan edi.
LiveBarchasi