Odamlarni xorijga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
10 iyun 2023
4316Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida odamlarni Janubiy Koreya va Germaniya davlatlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida A.J. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga o‘qishga yuborish hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan. Buning evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro B.D.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 000 AQSH dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga yuborishini aytgan. Shundan keyin kelishilgan puldan 500 AQSH dollari va 2,6 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi