Prezident odamlar avtomobilga pul to‘lab, ololmay kutayotgani bilan shug‘ullanmoqchi

Jamiyat

image

Yangi haftada O‘zbekiston avtomobilsozligi bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezidentning o‘zi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tgan.

“Odamlar norozi, biz to‘lab qo‘yganmiz, mashinani ber, ey davlat rahbarlari, deyapti. Nimaga desangiz, talab, Xudoga shukr, iqtisodiyotimiz rivojlanyapti, odamlarning mashinaga talabi oshib boryapti. Lekin shu bilan birga, biz yo‘l harakati tizimini xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo boshqacha choralarni ko‘rishimiz kerak”, degan davlat rahbari.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning monopol avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Uzauto Motors” AJ anchadan beri ichki talabni yetarlicha qondira olmayapti. Yetmaganiga hukumatning “arzandasi” mashinani dastlab o‘rindiq osti isitish tizimisiz, keyinroq magnitolasiz yetkazib berishini aytdi.

Bundan tashqari, kompaniya keng aholi qatlami o‘ziga sotib olishi mumkin bo‘lgan modellarga shartnoma tuzishni to‘xtatib qo‘ygan. Bularning bariga mikrosxemalar yetishmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Kompaniyaning ishni eplay olmayotgani fonida odamlar orasida “rastamojka” narxi pasaytirilishi haqida uzunquloq gaplar tarqalmoqda. Ammo hech bir rasmiy hozircha bunga izoh bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

763

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing