Odam savdosida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

Olam

image

Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan, 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ozod Sa’dullayevich Rahimov Istanbul shahrining Fatix tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi

Ma’lumot uchun, Ozod Rahimov Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda, shuningdek, Istanbul shahrida bo‘lgan davrida 2022-2023 yillar mobaynida bir qancha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya-Ispaniya-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi bo‘ylab AQSHga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 10-15 ming AQSH dollari olib, va’dasini bajarmasdan, o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

“Ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan vatandoshlarimizdan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi. 

Qayd etilishicha, keyingi vaqtlarda AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgan. Shu sababdan Bosh konsulxona fuqarolarni firibgarlarga aldanib qolishdan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Kirov shahrida odam savdosida gumonlanib, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Odam savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing