Ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuborildi

Jamiyat

image

Bugun, 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuborildi.

Senatorlar Suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziriga parlament so‘rovi yuborish masalasini ko‘rib chiqdi.

Muhokamalar davomida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlariga rioya qilish qismi ijrosi o‘rganilgan. Natijada zudlik bilan hal qilish talab qilinadigan qator muammolar aniqlangan.

Shu sababdan senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuborishni ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

palament so'rovi Ochilboy Ramatov

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing