“Ochiq byudjet” orqali ovoz berish har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladigan bo‘ldi

Jamiyat

image

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jalol Arashov ma’lum qildi.

Shu yilning 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023 yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ovoz berish jarayoni har yili noyabr-dekabr oylarida, 2023 yil uchun istisno tariqasida may oyida o‘tkaziladi.

Har yili 1 noyabrga qadar davlat byudjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari asosida, hududlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalar tuman va shaharlardagi aholi va mahallalar soniga nisbatan teng ulushlarda, lekin 8 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan holda ajratiladi.

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayonlari uchta bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqichda — portalda loyihalar to‘plami shakllantiriladi;

2-bosqichda — shakllantirilgan loyihalar to‘plami saralab olinadi;

3-bosqichda — saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar to‘plamlariga ovoz beriladi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari bilan birgalikda tegishli mahalla (qishloq) fuqarolari bilan bamaslahat hamda hududdan saylangan deputatlar oldida himoya qilingan loyihalar to‘plamini portalga kiritadi.

Tanlab olingan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar miqdori loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha aniqlashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi ovoz berish Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing