Och qoringa qanday mahsulotlarni iste’mol qilib bo‘lmaydi? 

Salomatlik

image

Diyetologlar ba’zi mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimida muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

Xavfli sabzavotlar 

Salat bilan nonushta qilishni yaxshi ko‘radiganlar shuni bilib qo‘yishi kerakki, ertalabdan xom sabzavotlar yeyish xavfli bo‘lishi mumkin. Ertalab tana endi uyg‘ongan bo‘lishi sababli, unda xom sabzavotlar tarkibidagi kislotani hazm qilish uchun me’da shirasi yetarli bo‘lmaydi. Avvalo, bu bodring, har qanday ko‘katlar va pomidorlarga tegishli. 

Xamirturushli mahsulotlar, shirinlik va desertlar 

Qorningiz och bo‘lsa, nonvoyxonaga shoshilmang. Xamirturush oshqozon devorini bezovta qiladi. Undan tashqari, ochlikni shirinliklar orqali bartaraf qilish ham mumkin emas. Ular insulin ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi.  Oshqozon osti bezi esa buni unchalik yoqtirmaydi. Shirinliklarni och qoringa uzoq vaqt davomida yeyish qandli diabetga sabab bo‘lishi mumkin.   

Yogurt va boshqa fermentlangan sut mahsulotlari 

Och qoringa yogurt yoki kefir katta zarar keltirmaydi, ammo ularning foydasi ham kam. Oshqozon tarkibidagi xlorid kislota barcha foydali bakteriyalarni yo‘q qilishga qodir, shuning uchun bunday mahsulotlar tana uchun ortiqcha daxmazaga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

shirinlik sabzavot

Baholaganlar

375

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing