Endi tarvuzning pishganini bilish uchun chertib ko‘rish shart emas
Texnologiya
−
12 avgust 2023
25540Moskva fizika-texnika universitetida mutaxassislar Android uchun mahsulotlarning pishganini aniqlaydigan mobil ilovani yaratdi. Bu haqda “Pledge Times” nashri xabar berdi.
Ilova sabzavot va mevalar orqali o‘tadigan Wi-Fi signalini tahlil qilib, foydalanuvchiga ularning pishganlik darajasini aniqlab beradi.
Dastur zarur bo‘lganda, sabzavotga zarar yetkazmasdan, uning sifatini bilish uchun foydali bo‘ladi. Misol uchun, tarvuz yoki qovunning qattiq qobig‘i ularning ichini ko‘rishni qiyinlashtiradi. Yangi ilova orqali esa qobiqni kesib ko‘rmay turib, pishgan yoki yo‘qligini aniqlash mumkin.
“Pishirishning fizik va kimyoviy mezonlari bor. Xususan, mevalarning pishishi bilan ularda shakar miqdori ortadi. Bu ichki muhitning xususiyatlarini o‘zgartiradi. Ular mahsulot orqali o‘tadigan Wi-Fi signali darajasiga ta’sir qiladi. Bunday holda, smartfon antennasi ixcham analizator(aniqlovchi) hisoblanadi. Bu signalni tutish uchun shunchaki dastur yaratish kerak edi”, dedi yangilik mualliflaridan biri Dmitriy Filonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mobil telefon antennalari juda sezgir. Ular atrof-muhit parametrlaridagi kichik o‘zgarishlarni aniqlashlari mumkin.
Dmitriy kelajakda ilova boshqa operatsion tizimlar uchun moslashtirilishini aytdi. Shuningdek, olimlar supermarketlardagi statsionar qurilmalar uchun ham xuddi shunday yechim ustida ishlamoqda. Ular o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida o‘rnatiladi va mijozlarga mahsulot sifatini aniqlashga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Britaniyalik mutaxassislar foydalanuvchilar tomonidan bosilgan tugmalarni tovush orqali aniqlaydigan algoritmni ishlab chiqdi.
LiveBarchasi