Qirg‘iziston O‘zbekistonning 21 tonna tarvuzini qaytarib yubordi

Jamiyat

image

Kecha, 28 may kuni O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti inspektorlari tomonidan “Do‘stlik” (“Dostuk”) postida o‘tkazilgan fitosanitariya nazorati davomida O‘zbekiston Respublikasidan olib borilgan 21 tonna tarvuz partiyasi tekshirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, karantin ostidagi ushbu mahsulotning qadoqlarida majburiy markirovka (yorliq) mavjud emasligi aniqlangan. Bu esa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeAEO) karantin fitosanitariya talablarini buzish hisoblanadi.

Natijada ushbu yukni Qirg‘iziston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan va mahsulot qonunchilik talablariga muvofiq ortiga (O‘zbekistonga) qaytarib yuborilgan.

“O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti mamlakatning fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni himoya qilish hamda karantin ostidagi zararli ob’ektlarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan nazorat tadbirlarini doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti xodimlari O‘zbekistondan 80 ming 520 dona ko‘chat olib borgan yuk mashinalarining kirishini taqiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston karantin tarvuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing