Obligatsiyalardan tushgan 1 mlrd dollar nimalarga sarflandi?
Jamiyat
−
30 avgust 2019 7016 1 daqiqa
Xabaringiz bor, joriy yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining umumiy qiymati 1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi 5 va 10 yillik muddatli xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida joylashtirildi.
Ho‘sh, o‘sha 1 mlrd dollar mablag‘ nimalarga sarflandi?
Bugun, 30 avgust kuni “Davlat qarzini samarali boshqarish” mavzusida o‘tkazilgan brifingda Moliya vazirligi vakili xalqaro obligatsiyalar joylashtirishdan kelgan mablag‘lar nimaga yo‘naltirilgani haqida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘r, 90 mln dollar mablag‘ Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga byudjet ssuda tariqasida berilgan.
Qolgan mablag‘ depozit shaklida auksion orqali joylashtirilgan. Banklar bu mablag‘larni iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ini rivojlantirish uchun kredit sifatida ajratgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr