Obama AQSH va NATOdan Ukrainaga nisbatan ochiq va halol bo‘lishni so‘radi
Olam
−
18 Oktabr 2022
11362Vashington ma’muriyati Ukrainaning harbiy yordami chegaralarini aniq belgilashi kerak. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama (2009-2017) “Pod Save America” podkasti boshlovchilariga bergan intervyusida bildirdi.
Amerikaning sobiq rahbariga ko‘ra, AQSH rasmiylari ukrainaliklarga qanchalik uzoqqa borishlari, qanday yon berishlari kerakligi va hokazolarni aytmasligi kerak.
“Ularning ittifoqchilari sifatida biz ularga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish, razvedka ma’lumotlarini almashishimiz muhim”, deya davom etdi Obama.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Amerika nima qila olishi va qila olmasligi haqida ochiq va halol bo‘lishi kerak.
“Biz – AQSH, NATO va boshqalar – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro Rossiya va AQSH, NATO o‘rtasidagi mojaroga aylanib ketishi xavfini hisobga olgan holda o‘zimiz belgilashimiz kerak bo‘lgan chegaralar mavjud”, dedi Amerika ma’muriyatining sobiq rahbari.
Shu bilan birga, u Vashingtonning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash chegaralari qayerda bo‘lishi kerakligi haqida gapirish uchun yetarli ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi