Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qator reyslar vodiydan Toshkentga ko‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 dekabr kuni parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida HY9801/9802 Namangan - Perm - Namangan, HY9805/9806 Namangan - Samara - Namangan yo‘nalishlari o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi. 

Unga ko‘ra, HY9801/9802 aviaqatnovlari, Toshkent - Perm - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 9:00;
Permga uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da;
Permdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 15:00 da;
Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 18:10 da.

HY9805/9806 aviaqatnovlari, Toshkent - Samara - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 19:35;
Samaraga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 23:05 da;
Samaradan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 01:05 (ertasi kun);
Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 04:30 (ertasi kuni).

Yuqoridagi reyslar yo‘lovchilariga reyslarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda yetib kelish tavsiya etilgan. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha sayohat qilayotgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportiga yetib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishi tavsiya etiladi.

Reyslar vaqti o‘zgartirilgan yo‘lovchilar jarima to‘lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to‘langan pul miqdori to‘liq qaytarib olish huquqiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing