OAV: Yelizaveta II Yevropa Ittifoqidan chiqish haqidagi qonun loyihasini imzoladi
Olam
−
23 yanvar 2020
5304Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mamlakat bosh vaziri Boris Jonson tomonidan tayyorlangan Brexit to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Jamoatchilik palatasi a’zosi Nayjela Evans “Sky News”ga ma’lum qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Jonsonning Brexit bo‘yicha bitimi Britaniyaning rasmiy qonuniga aylandi. Hujjat qirolicha tomonidan 23 yanvar, payshanba kuni imzolandi.
Ta’kidlash joizki, qonun loyihasi imzolangani hali rasmiy e’lon qilinmadi.
Agar bu ma’lumot rasman tasdiqlansa, unda Buyuk Britaniya 31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqidan chiqib ketadi.
LiveBarchasi