Tojikiston O‘zbekistondan o‘rnak oldi

Jamiyat

image

Tojikistonda Mustaqillik kuni munosabati bilan tantanali marosimlar o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda “Asia-plus” xabar berdi.

Tojikiston Bosh vaziri, mamlakatda COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha epidemiyaga qarshi choralarni kuchaytirish bo‘yicha respublika shtabi raisi Qohir Rasulzoda kecha, 2 sentyabr kuni shtabning navbatdagi yig‘ilshini o‘tkazgan.

Yig‘ilishda koronavirusning ikkinchi to‘lqinining oldini olish munosabati bilan Tojikiston Davlat mustaqilligi kuni sharafiga har qanday tantana, madaniy tadbir, konferensiya, yubiley oqshomi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi.

Aholining ko‘chalarda sayrga chiqishi uchun taqiq  yo‘q. Ammo bunda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Niqob va ijtimoiy masofani saqlash majburiy.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda 9 sentyabr kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi nishonlanadi.

O‘zbekistonda ham joriy yilda Mustaqillik kuni hech qanday bayram tadbirlari va sayllarsiz kutib olindi. Bayram tantanalarini bekor qilishga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Mustaqillik kuni

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing