OAV: Moskvada Eron elchisi qizining jasadi topildi
Olam
−
22 Oktabr 2019
7744Moskvada Eronning Rossiyadagi elchisi Mehdi Sanayining qizi Arafex Sanay vafot etdi.
Uning jasadi poytaxt markazidagi ko‘chadan topilgan.
REN TV xabariga ko‘ra, 28 yoshli qizning jasadi uyi yaqinida bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar hozirda voqeaning sabablarini aniqlamoqda.
OAVda tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Arafex ikki mamlakatda yashagan, oxirgi marta Moskvaga to‘rt oy oldin kelgan.
Uyda u doimiy ravishda psixologga murojaat qilgan. Uni o‘z joniga qasd qilishga nima undagani hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, qizning otasi Mehdi Sanay 2013 yildan beri Eronning Rossiyadagi elchisi bo‘lib ishlab keladi.
LiveBarchasi