Moskvadagi teraktni oqlagan o‘zbekistonlikka jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

Rossiya Federatsiyasining Oltoy  o‘lkasida Rubtsvosk shahridagi do‘konlardan birida ishlovchi o‘zbekistonlikka nisbatan "Krokus"dagi qonli hujumni oshkora oqlab chiqqani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rubtsovk viloyati sudlari matbuot xizmati xabar qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 27 mart kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Ayblanuvchi joriy yilning 24 mart kuni Rubtsovkdagi do‘konda   odamlarga Moskva yaqinidagi teraktni oqlab gapirgan. 28 mart kuni unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 1-qismi (terrorchilik faoliyatiga ommaviy chaqiriqlar, terrorizm yoki terrorizm tashviqotini ommaviy ravishda oqlash) aybi bilan 2024 yil 26 mayga qadar ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi joriy haftada “Krokus Siti Holl”da terakt sodir etishda gumon qilinganlar hamda ISHIDning Xuroson guruhiga aloqador deb hisoblagan to‘qqiz kishini hibsga olgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Moskvada Rossiya Federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing