Mehmonxona yonida o‘nlab dog‘istonliklar Konorning chiqishini poyladi
Sport
−
26 Oktabr 2019
7511Moskvada dog‘istonliklar MMA jangchisi Konor Makgregor joylashgan Ritz-Carlton mehmonxonasini qurshab oldi. Bunga sabab sifatida Konor Habib Nurmuhamedov hamda dog‘istonliklar haqidagi haqoratomuz gapi bo‘lgan. Mehmonxona tirqishlari bir necha o‘nlab odamlar to‘planganini ko‘rsatdi.
"Bugun biz Konorning dog‘istonliklar undan qochib ketayotganini aytayotganini eshitdik va ko‘rdik. Biz Ritz-Carlton mehmonxonasiga keldik, ular Konorni bu yerda emasligini aytishga har tomonlama urinmoqda. Ammo biz kurtkalarimizni yechib kutib o‘tirishga qaror qildik va u pastga tushguncha kutib turamiz", dedi Nurmuhamedovning muxlislaridan biri.
Shu yilning 24 oktyabr kuni Konor Makgregor Moskvaga keldi va Rossiya ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi. Matbuot anjumanida irlandiyalik jangchi Nurmuhamedov Moskvada u bilan jang qilishdan qo‘rqishini aytdi.
"U faqat mag‘lubiyatga uchraganlar bilan jang qiladi. Biz dog‘istonliklar kimligini bilamiz. Ular qochib ketgan, ular qo‘rqoq. Habib ham xuddi shunday. O‘z tabiatida. U Moskvadagi matbuot anjumanidan qochib ketgan", dedi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida Konor Makgregor hamda Habib Nurmuhamedov jangi bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Habib Konorni bug‘ish uslubida mag‘lub qilgan.
LiveBarchasi