OAV: ikki xorijlik Kolumbiya Prezidentiga suiqasd tayyorladi

Olam

image
Trampga zahar yuborishda gumonlangan shaxs chegarada ushlandi north_east

Trampga zahar yuborishda gumonlangan shaxs chegarada ushlandi

Kolumbiya huquqni muhofaza qilish organlari ikki xorijlik mamlakat Prezidenti Ivan Dukening hayotiga suiqasd tayyorlagani haqida xabar topgan. Kolumbiyaning RCN radiostansiyasi mamlakat razvedkasiga tayanib xabar berdi.

“Ayni vaqtda davlat idoralari Prezidentn himoya qilish va uning hayotiga bo‘ladigan har qanday tahdidni bartaraf qilish uchun reja tuzib chiqyapti”, degan manba.

Razvedkadagi manba kutilayotgan hujum haqida hech qanday ma’lumot keltirmagan. Buning o‘rniga, u hujumni bir rus va bir yahudiy tayyorlaganini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar va politsiya yuqori shaylik holatiga keltirilgan.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp hayotiga ham suiqasd rejalashtirilgani xabar qilingandi. Prezidentga Kanadadan ichida zahar bo‘lgan xat yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing