Trampga zahar yuborishda gumonlangan shaxs chegarada ushlandi

Olam

image

Avvalroq, AQSH huquq-taribot idoralari xodimlari mamlakat Prezidenti Donald Trampga ichida ritsin zaharli moddasi bo‘lgan xat yuborilgani haqida xabar bergan edik.

Federal tergov byurosi Trampga ritsin moddasi bor xat yuborishda gumonlangan shaxsni Kanadadan AQSHga o‘tayotganda ushladi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olish operatsiyasini AQSH Bojxona-chegara xizmati xodimlari amalga oshirgan. Tafsilotlar keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentga bunday xat yuborilishi bo‘yicha Federal tergov byurosi va AQSH Maxfiy xizmati surishtiruv ishlari olib borayotganda. 

Ritsin o‘simlikdan olinadigan oqsilli zahar hisoblanadi. Agar uni yutib yuborsa, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ichki qon ketishi, a’zolarni ishlashdan to‘xtatishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Ritsinning ziddizahari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made